AsosiySiyosat

Ikki davlat yetakchilari sun’iy intellekt ko‘rgazmasiga borishdi

Davlat rahbarlariga innovatsion ishlanmalar haqida axborot berildi.

'Ikki davlat yetakchilari sun’iy intellekt ko‘rgazmasiga borishdi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev birgalikda "AlmatyFair.ai" raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ko‘rgazmasiga tashrif buyurdilar.

Davlat rahbarlariga mazkur sohalardagi ilg‘or yechimlar va innovatsion ishlanmalar haqida axborot berildi.

Qozog‘iston Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilayotgan "Alem.ai" sun’iy intellekt markazining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Alem.ai - sun’iy intellekt sohasida mutaxassislarni o‘qitish, startaplarni ishga tushirish va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun platforma.

Yetakchilar Markaziy Osiyodagi eng yirik texnoparklar birlashmasi - "Central Asian Innovation Hubs" ("Astana Hub" va "IT Park Uzbekistan") faoliyati bilan ham tanishdilar.

Prezidentlar raqamlashtirish sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma IT mahsulotlarini yaratish, sun’iy intellekt va ilg‘or axborot texnologiyalari sohasidagi milliy strategiyalarni o‘zaro bog‘lash muhimligini ta’kidladilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlari konsert tomosha qilishdi'ning rasmi

    Siyosat 31.03.2025 21:57

    O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlari konsert tomosha qilishdi

    Davlatimiz rahbari o‘z nutqida birodar xalqlarni bahoriy yangilanish bayrami Navro‘z va muborak Ramazon hayiti bilan chin dildan qutladi.

    'Shavkat Mirziyoyev uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etdi'ning rasmi

    Siyosat 31.03.2025 13:56

    Shavkat Mirziyoyev uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etdi

    O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi tarixiy shartnoma imzolandi.

    'Prezident ertaga Tojikistonga boradi'ning rasmi

    Siyosat 30.03.2025 20:39

    Prezident ertaga Tojikistonga boradi

    Tashrif dasturiga ko‘ra, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston yetakchilari ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishadi.

    'O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birini qutladi'ning rasmi

    Siyosat 30.03.2025 19:03

    O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birini qutladi

    Davlat rahbarlari mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

    'Mirziyoyev Erdog‘an bilan telefon orqali gaplashdi'ning rasmi

    Siyosat 30.03.2025 17:25

    Mirziyoyev Erdog‘an bilan telefon orqali gaplashdi

    O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birini samimiy qutladi.

    'Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi zilzilalar munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi'ning rasmi

    Siyosat 30.03.2025 09:18

    Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi zilzilalar munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    Avvalroq, Tailand va Myanmada kuchli zilzila bo‘lgani va unda qurbonlar borligi haqida xabar bergandik.