AsosiySiyosat

Mirziyoyev Erdog‘an bilan telefon orqali gaplashdi

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birini samimiy qutladi.

'Mirziyoyev Erdog‘an bilan telefon orqali gaplashdi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 30 mart kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladilar. Davlat rahbarlari qardosh xalqlarimizga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Barcha darajalarda faol muloqotlar davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi, qo‘shma loyiha va korxonalar soni, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar ko‘paymoqda.

Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining bo‘lajak navbatdagi yig‘ilishi va Turkiy davlatlar tashkilotining rejadagi sammitiga tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekistonda bo‘lajak Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va qo‘shma biznes forumini, shuningdek, Turkiya Buyuk millat majlisi delegatsiyasining Parlamentlararo ittifoq Assambleyasining 150-sessiyasida ishtirok etish uchun tashrifini samarali o‘tkazish muhimligi qayd etildi.

Davlat rahbarlari xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident Maxsus operatsiyalar kuchlarining yangi poligonida mashg‘ulotlarni kuzatdi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 14:07

    Prezident Maxsus operatsiyalar kuchlarining yangi poligonida mashg‘ulotlarni kuzatdi

    Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida tashkil etilgan Maxsus operatsiyalar kuchlari poligoni faoliyati bilan tanishib, bo‘linmalarning jangovar tayyorgarligini yuqori baholadi.

    'Oʻzbekiston Mudofaa doktrinasi qayta koʻrib chiqiladi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 11:58

    Oʻzbekiston Mudofaa doktrinasi qayta koʻrib chiqiladi

    Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida zamonaviy tahdidlar sharoitida amaldagi Mudofaa doktrinasi va Milliy xavfsizlik kontseptsiyasini yangilash zarurligini ma’lum qildi.

    'Alisher Qodirov Solovyov bayonotlariga munosabat bildirdi.'ning rasmi

    Siyosat 12.01.2026 14:50

    Alisher Qodirov Solovyov bayonotlariga munosabat bildirdi.

    “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari rossiyalik teleboshlovchining Markaziy Osiyoni Rossiyaning “ta’sir zonasi” sifatida talqin qilgan chiqishlarini keskin tanqid qildi.

    'Shavkat Mirziyoyev bir guruh prokuratura organlari xodimlarini mukofotladi'ning rasmi

    Siyosat 07.01.2026 15:45

    'Fransiya va Buyuk Britaniya Ukraina uchun qo‘shin yuborishga tayyor'ning rasmi

    Siyosat 07.01.2026 05:31

    Fransiya va Buyuk Britaniya Ukraina uchun qo‘shin yuborishga tayyor

    Fransiya va Buyuk Britaniya Rossiya bilan harbiy harakatlar to‘xtatilgach, Ukraina hududida tinchlikni ta’minlash maqsadida qo‘shin yuborishga tayyor.

    '“Maqsad — xalq hayotini yaxshilash”: Saida Mirziyoyeva nima uchun aynan hozir gapirdi?'ning rasmi

    Siyosat 02.01.2026 05:10

    “Maqsad — xalq hayotini yaxshilash”: Saida Mirziyoyeva nima uchun aynan hozir gapirdi?

    O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ilk katta intervyusida davlat boshqaruvi, islohotlar va shaxsiy qarashlari haqida ochiq fikr bildirdi.