Xabaringiz bor, O`zbekistonda "Virtual Football" kompaniyasi PCFL (Professional Cyber Football League) ligasining tashkil qilinishi haqida ommaviy axborot vositalarida keng targ`ib etilmoqda.
Butun dunyoda yangi sport turiga aylanib borayayotgan Kiberfutbol vakillari Jahon chempionatlari va Jahon Gran-prilarida vatanimiz sharafini himoya qilib kelmoqdalar.
Oldin xabar berganimizdek birinchi marta o`tkazilayotgan O`zbekiston chempionatida klubimiz sharafini to`rt nafar kiberfutbolchi himoya qiladi. Ushbu kiberfutbolchilar Jahon chempionatlari, Jahon Gran-prilari, MDH kuboklari, O`zbekiston chempionatlarida eng yuqori natijalarni qayd etib kelishmoqda. O`zbekistonlik kiberfutbolchilar orasida sog`lom raqobatni vujudga keltirish maqsadida “Lokomotiv” futbol klubi o`z tarkibiga birinchilardan bo`lib legioner kiberfutbolchini jalb etdi.
Ushbu kiberfutbolchi FIFA16 o`yinlarida bir necha yirik musobaqalarda g`olib bo`lgan Ukrainalik Loko.Dancing_ace niki ostida o`ynovchi Evgeniy Gorbenko. Evgeniy jamoamiz bilan professional shartnoma imzoladi va 13 raqam ostida Birinchi Liga musobaqalarida ishtirok etadi.
PCFL (Professional Cyber Football League) ligasini rivojlanishida “Lokomotiv” futbol klubi ham o`z hissasini qo`shgan holda "Virtual Football" kompaniyasi bilan yana bir nechta yirik loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.