AsosiySiyosat

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birini qutladi

Davlat rahbarlari mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

'O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birini qutladi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif 30 mart kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon hayiti - Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladilar. Do‘st O‘zbekiston va Pokiston xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etildi.

Joriy yil fevral oyida Pokiston Bosh vazirining O‘zbekistonga tarixiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni "yo‘l xaritasi"ga muvofiq amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Vazirliklar, idoralar va tarmoqlar darajasidagi muloqotlar faollashgani va almashinuvlar samarali tus olgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mart oyida Islomobod shahrida O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rgazmasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Aprel oyidan Lahorga qo‘shimcha aviareyslar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Qo‘shma loyihalarning ijrosini ko‘rib chiqish va ularni jadallashtirish choralarini ko‘rish uchun Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini joriy yilda o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston Yevropaning energetik barqarorligini ta’minlashda qanday o‘rin tutishi mumkin?'ning rasmi

    Siyosat 01.04.2025 18:42

    O‘zbekiston Yevropaning energetik barqarorligini ta’minlashda qanday o‘rin tutishi mumkin?

    Shavkat Mirziyoyevning "Euronews"ga bergan intervyusi bilan tanishing.

    'Shavkat Mirziyoyev Eron yetakchisi bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

    Siyosat 01.04.2025 16:16

    Shavkat Mirziyoyev Eron yetakchisi bilan telefon orqali muloqot qildi

    O‘zbekiston va Eron yetakchilari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

    'Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi'ning rasmi

    Siyosat 01.04.2025 14:24

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

    Mamlakatimizda Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish muhimligi qayd etildi.

    'O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlari konsert tomosha qilishdi'ning rasmi

    Siyosat 31.03.2025 21:57

    O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlari konsert tomosha qilishdi

    Davlatimiz rahbari o‘z nutqida birodar xalqlarni bahoriy yangilanish bayrami Navro‘z va muborak Ramazon hayiti bilan chin dildan qutladi.

    'Shavkat Mirziyoyev uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etdi'ning rasmi

    Siyosat 31.03.2025 13:56

    Shavkat Mirziyoyev uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etdi

    O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi tarixiy shartnoma imzolandi.

    'Prezident ertaga Tojikistonga boradi'ning rasmi

    Siyosat 30.03.2025 20:39

    Prezident ertaga Tojikistonga boradi

    Tashrif dasturiga ko‘ra, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston yetakchilari ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishadi.