AsosiyJamiyat

Abdulla Aripov O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri etib tayinlandi

Avval xabar berganimizdek, bugun Oliy Majlis palatalarining qo`shma majlisi bo`lib o`tdi. Yig`ilishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti xalq oldida qasamyod qildi. 

Tadbir davomida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzod tasdiqlash masalasi ham ko`rib chiqildi. Shavkat Mirziyoev mazkur lavozimga bosh vazir o`rinbosari Abdulla Aripov nomzodini taqdim etdi. Shundan so`ng, Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasining istiqbolli faoliyat dasturi bilan tanishtirdi.

Deputat va senatorlar mamlakat rahbari tomonidan taqdim etilgan nomzodni tasdiqlashni yoqlab so`zga chiqqach, uni O`zbekiston bosh vaziri lavozimiga tayinlash to`g`risida qaror qabul qildi.

Abdulla Aripov 2002-2012 yillarda bosh vazir o`rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. Shu bilan birga O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligini boshqargan.

2016 yilning sentyabr oyida Shavkat Mirziyoev Abdulla Aripovni Vazirlar Mahkamasida Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikasiyalari masalalari kompleksi rahbari etib tayinlangan edi.

Boshqa yangiliklar