FVV bergan qo‘shimcha ma’lumotga ko‘ra, hodisa joyiga 2 ta qutqaruv otryadi va 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan.
Hodisa natijasida tahoratxona devor va tom konstruksiyalariga zarar yetgan, yong‘in sodir bo‘lmagan.
Chaqnash oqibatida 3 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 10 nafar tan-jarohati olib, shifoxonaga yuborilgan.
Voqea joyiga viloyat hokimi, FVB, IIB, MG, SSB, prokuratura va “Hududgazta’minot”, tuman FVDqT xizmatlari kuch, vositalari yetib borib, hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Hodisa sodir bo‘lganligi xabar qilinganida vodiyda bo‘lib turgan Bosh vazir o‘rinbosari O.Ramatov hamda Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor B.Qudratxo‘jayev Izboskan tumaniga yetib borgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.