Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda viloyatidagi xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarining birida bir yarim yoshli tarbiyalanuvchi tok urishi oqibatida vafot etganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.
Mazkur xabar Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, holat bo‘yicha tezkor o‘rganish ishlari olib borilgan.
O‘rganish jarayonida joriy yilning 28-mart kuni Buxoro tumanida joylashgan YATT Xolboyeva O‘lmas Uzoq qizi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2023-yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi Sh.Sh.ning vafot etganligi aniqlandi.
Ayni paytda IIB tomonidan bolaning o‘lim sabablari yuzasidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.