AsosiySport

APL. "Manchester Yunayted" so`nggi daqiqalarda g`alabaga erishdi

Angliya chempionati 16-turida "Manchester Yunayted" futbolchilari Londonga safar uyushtirib, mahalliy "Kristal Pelas" klubi bilan o`zaro bahs olib bordi. 

Uchrashuvning 45-daqiqasida Pol Pogba hisobni ochgan bo`lsa, 66-daqiqada Makartur muvozanatni tikladi. O`yin yakunida Zlatan Ibrahimovich "MYu"ga 3 ochko taqdim qilgan gol muallifi bo`ldi. 

"Kristal Pelas" – "Manchester Yunayted" 1:2 (0:1, 1:1)

Gollar: 0:1 – 45 Pogba, 1:1 – 66 Makartur, 1:2 – 88 Ibrahimovich.
Kristal Pelas – Xennessi, Uord, Kelli, Denn, Dileyni, Makartur (Kempbell, 87), Kabay, Li Chun Yun (Frayers,80), Flamini (Ledli, 46), Zaa, Benteke.

"Manchester Yunayted" – De Xea, Jons, Roxo, Bayi (Darmian, 52), Blind, Errera, Mata (Lingard, 70), Pogba, Kerrik, Ibrohimovich, Runi (Reshford, 80).

Ogohlantirishlar: Roxo (38), Kelli (45), Pogba (70), Dileyni (72), Reshford (84).

Boshqa yangiliklar