AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev va ETTB rahbari uchrashuv o‘tkazdi

YETTB O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari 5 mlrd yevrodan oshdi.

'Shavkat Mirziyoyev va ETTB rahbari uchrashuv o‘tkazdi'ning rasmi

"Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammitining ishbilarmonlik dasturi 3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Bassoning uchrashuvi bilan boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Mamlakatimizning ushbu nufuzli xalqaro moliyaviy institut bilan keng ko‘lamli hamkorligini yanada rivojlantirishning amaliy jihatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va ETTB o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Ustuvor tarmoqlardagi qo‘shma loyihalar portfeli barqaror kengayib bormoqda. Bankning mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritgan jami investitsiyalari 5 milliard yevrodan oshdi, jumladan, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra qariyb 1 milliard yevroni tashkil etdi. Moliyaviy ko‘makning asosiy hajmi xususiy sektorga to‘g‘ri kelmoqda.

Mamlakatimiz bo‘yicha o‘rta muddatli Sheriklik strategiyasi samarali amalga oshirilmoqda. ETTB ekspertlari ko‘magida bank sohasini transformatsiya qilish va biznes uchun imkoniyatlarni kengaytirish choralari ko‘rilmoqda.

Uchrashuvda loyihalarning ijrosi sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirish bo‘yicha birgalikdagi ishlar o‘z natijasini berayotgani qayd etildi. Jarayonlarni maqbullashtirish va loyihalarni tayyorlashni tezlashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, shu jumladan ta’lim, suv ta’minoti, maishiy chiqindilarni qayta ishlash kabi muhim yo‘nalishlarda kengaytirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi.

"Yashil" iqtisodiyot, uglerod chiqindilarini kamaytirish, raqamlashtirish va sun’iy intellekt, ipoteka bozori, transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish va boshqa sohalardagi dastur va loyihalar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

Joriy yil iyun oyida Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish yuzasidan ham fikr almashildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarining borishi ko‘rib chiqildi.'ning rasmi

    Siyosat Bugun 15:04

    Aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarining borishi ko‘rib chiqildi.

    Shavkat Mirziyoyevga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarining borishi yuzasidan axborot berildi.

    'Elchilarga yangi vazifalar qoʻyildi'ning rasmi

    Siyosat 15.01.2026 13:05

    Elchilarga yangi vazifalar qoʻyildi

    Fuqarolarni xorijda yuqori daromadli ish o‘rinlari bilan ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilandi.

    'Turizm va transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalar taqdim etildi.'ning rasmi

    Siyosat 15.01.2026 04:28

    Turizm va transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalar taqdim etildi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan qator yirik qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

    'Koʻp xonadonli uylarni boshqarishda klaster tizimi joriy etiladi'ning rasmi

    Siyosat 15.01.2026 04:16

    Koʻp xonadonli uylarni boshqarishda klaster tizimi joriy etiladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

    'Prezident Maxsus operatsiyalar kuchlarining yangi poligonida mashg‘ulotlarni kuzatdi'ning rasmi

    Siyosat 13.01.2026 14:07

    Prezident Maxsus operatsiyalar kuchlarining yangi poligonida mashg‘ulotlarni kuzatdi

    Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida tashkil etilgan Maxsus operatsiyalar kuchlari poligoni faoliyati bilan tanishib, bo‘linmalarning jangovar tayyorgarligini yuqori baholadi.

    'Oʻzbekiston Mudofaa doktrinasi qayta koʻrib chiqiladi'ning rasmi

    Siyosat 13.01.2026 11:58

    Oʻzbekiston Mudofaa doktrinasi qayta koʻrib chiqiladi

    Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida zamonaviy tahdidlar sharoitida amaldagi Mudofaa doktrinasi va Milliy xavfsizlik kontseptsiyasini yangilash zarurligini ma’lum qildi.