AsosiyJamiyat

Ertaga poytaxtning 4 ta tumanida gaz o‘chadi

Gazdan uziladigan hududlar ro‘yxati bilan tanishing.

'Ertaga poytaxtning 4 ta tumanida gaz o‘chadi'ning rasmi

4 aprel kuni Toshkent shahrining Uchtepa, Chilonzor, Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlari gazdan vaqtincha uziladi.

Quyidagi hududlariga 4 aprel kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi;

Uchtepa tumani

Aholi iste’molchilari soni: “Diyorobod“ MFYdagi 43 ta ko‘p qavatli uylar

Ulgurji iste’molchilar soni: 10 ta

Chilonzor tumani

Aholi iste’molchilari soni: “Do‘mbraobod“ MFYdagi 778 ta, “Gavhar“ MFYdagi 640 ta, “Tirsakobod“ MFYdagi 528 ta va “Katta Do‘mbraobod“ MFYdagi 864 ta yerli xonadon

Ulgurji iste’molchilar soni: 20 ta

Olmazor tumani

Aholi iste’molchilari soni: “Hastimom“ MFYdagi 135 ta yerli xonadon

Ulgurji iste’molchilar soni: 2 ta

Shayxontohur tumani

Aholi iste’molchilari soni: “Gulbozor“ MFYdagi 730 ta yerli xonadon va 54 ta ko‘p qavatli uy

Ulgurji iste’molchilar soni: 18 ta

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

    Boshqa yangiliklar