AsosiySiyosat

Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi rahbarlari Samarqandni tark etdi

Ularni Bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

'Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi rahbarlari Samarqandni tark etdi'ning rasmi

Shu yilning 4 aprel kuni Samarqand xalqaro aeroportida Oliy martabali mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi“ birinchi sammiti bo‘lib o‘tdi.

Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov mamlakatimizga tashrifini yakunlab, yurtiga jo‘nab ketdi.

    Boshqa yangiliklar