Bugun Ostonada professional boks oqshomi bo‘liq o‘tadi. Ushbu jang kechasida ikki nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi. Ikki karra Jahon va Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov va Otabek Xolmatovlar o‘z uchrashuvlarini o‘tkazadi.
Super og‘ir vazn toifasida 10 raundlik bellashuv:
Bahodir Jalolov (O‘zbekiston, 14-0, 14 KO)
Igor Shevadzutskiy (Ukraina, 12-2, 10 KO)
Yarim yengil vazn toifasida 8 raundlik bellashuv:
Otabek Xolmatov (O‘zbekiston, 12-1, 11 KO)
Jeyson Kano Manigos (Filippin, 30-12-2, 20 KO)
Janglar Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.