AQSh prezidenti Tehronga “katta xavf” tug‘dirishi bilan tahdid qildi. Bu haqda “DW” nashri ma’lum qildi.
"Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak, agar muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, menimcha, bu Eron uchun juda yomon kun bo‘ladi", deydi AQSh prezidenti
Avvalroq Tramp, agar Tehron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvdan voz kechsa, "ko‘rilmagan" bombardimonlarni boshlashini va’da qilgan edi.
Rossiya Eron va AQSh o‘rtasida vositachi bo‘lishni taklif etdi. Biroq, tahlilchilar Vashingtonni bundan ogohlantirmoqda, chunki Moskva va Tehronning umumiy manfaatlari mavjud va bu AQShning Yaqin Sharqdagi pozitsiyalarini zaiflashtirish xavfini tug‘dirishi mumkin.
Rossiya va Eron 2023-yil yanvarida strategik hamkorlik bo‘yicha yangi shartnoma imzolagan, ammo tomonlar bir-birini urush holatida himoya qilishga tayyor emaslar.