AsosiyDunyo

Boj to‘lovlari AQSHga kuniga 2 milliard dollar daromad keltirmoqda – Donald Tramp

Mart oyiga oid oylik budjet bayonoti esa payshanba – 10 aprel kuni e’lon qilinishi kutilmoqda — u yerda eng so‘nggi oylik raqamlar keltiriladi.

'Boj to‘lovlari AQSHga kuniga 2 milliard dollar daromad keltirmoqda – Donald Tramp'ning rasmi

AQSH prezidenti Donald Tramp Amerika Qo‘shma Shtatlari har kuni bojxona tariflaridan 2 milliard dollar daromad olmoqda, deb bayonot berdi. Reuters agentligi shu haqda xabar bergan.

Oq uydagi tadbirda nutq so‘zlagan Tramp bu summa qanday usulda hisoblab chiqilgani haqida aniq ma’lumot bermagan.

Ma’lumki, Tramp 2017 yil yanvarda prezidentlik lavozimiga kirishganidan beri bir qator davlatlarga nisbatan turli tariflar joriy qilgan edi.

AQSH Moliya vazirligining davlatning asosiy ishlash hisob raqamidagi kundalik tushum va chiqimlar bayonotiga ko‘ra, "Bojxona va ayrim aksiz soliqlari"dan tushgan tushumlar shu oyda o‘rtacha kuniga taxminan 200 million dollarni tashkil qilmoqda.

Oxirgi to‘liq hisoblangan oy — fevralda, AQSH Moliya vazirligi bojxona bojlaridan umumiy 7,25 milliard dollar yig‘ib olgan.

Mart oyiga oid oylik budjet bayonoti esa payshanba – 10 aprel kuni e’lon qilinishi kutilmoqda — u yerda eng so‘nggi oylik raqamlar keltiriladi.

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar