AsosiySport

APL. "Liverpul" yirik hisobda "Midlsbro"ni mag`lubiyatga uchratdi

Angliya chempionati 16-turida "Liverpul" jamoasi safarda "Midlsbro" futbolchilariga qarshi bahs olib bordi. Gollarga boy kechgan o`yinda mersisaydliklar 3:0 hisobida zafar quchdi. 

O`yinning 29 va 68-daqiqalarida Adam Lallana gol kiritib, o`z hisobiga dubl yozib qo`ydi. 60-daqiqada Divok Origi ham gol kiritib, "Liverpul"ning yirik g`alabasiga hissa qo`shdi. 

 

"Midlsbro" – "Liverpul" 0:3 (0:1, 0:2)

Gollar: 0:1 – 29 Lallana, 0:2 – 60 Origi, 0:3 – 68 Lallana.

"Midlsbro" – Valdes, Chembers, Fabio, Barragan, Gibson, de Ron, Kleyton (Lidbitter, 56), Traore, Forshou, Fisher (Dauning, 56), Negredo (Rouds, 77).

"Liverpul" – Minole, Klavan, Lovren, Klayn, Milner, Lallana (Leyva, 82), Xenderson, Mane, Veynaldum (Edjaria, 87), Firmino, Origi (Aleksander-Arnold, 90).

Ogohlantirishlar: Gibson (69).

Boshqa yangiliklar