AsosiyJamiyat

Giyohvandlikning soyadagi bozori: Farg‘ona va Xorazmda kontrabanda zanjiri fosh etildi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, barcha gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

'Giyohvandlikning soyadagi bozori: Farg‘ona va Xorazmda kontrabanda zanjiri fosh etildi'ning rasmi

Farg‘ona hamda Xorazm viloyatlarida kontrabanda zanjiri fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati "Darakchi.uz" ma’lum qildi.

Chegaradan boshlangan jinoyat

Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar narkotik vositalar savdosi hanuz kuchli soyada davom etayotganini fosh etdi. Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi hamkorligida amalga oshirilgan operatsiyalar davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi, ularning mamlakatga kontrabanda yo‘li bilan kirib kelayotgani, savdo zanjirida esa ko‘plab shaxslar ishtirok etayotgani aniqlandi.

Gashishni 240 million so‘mga sotayotganida ushlandi

Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kirgan 1 kg 524 gramm “gashish” moddasini 240 million so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Dastlabki tergovga ko‘ra, narkotik moddalar sotish uchun emas, balki zanjirli tarzda tarqatish maqsadida mamlakatga olib kelingani aytilmoqda.

Dorilar mashinada va hovlida yashirilgan

Yozyovon tumanida to‘xtatilgan “Lacetti” avtomobilida esa 799 dona “Zardeks” va 40 dona “Tropikamid” dorilari topildi. Aynan shu fuqaroning yashash xonadonidan yana 1679 dona “Zardeks” va 48 dona “Tropikamid” musodara qilindi. Mazkur dorilar dorixonada faqat retsept asosida berilishi lozim, ammo noqonuniy aylanishi ham giyohvandlikka teng xavf tug‘diradi.

“Lirikaning” minglab donasi: ketma-ket qo‘lga olishlar

Marg‘ilonlik yana bir fuqaroning vaqtinchalik yashash joyidan 2239 dona kuchli ta’sir qiluvchi “Lirika” dorilari topildi. Tergovda aniqlanishicha, mazkur dorilar Farg‘ona tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro tomonidan Qirg‘izistondan noma’lum shaxslar orqali olib kelingan.

Xorazmda “opiy” va “geroin” savdosi

Xizmatning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda “Samarqand-Xorazm” yo‘nalishida 802 gramm “opiy” moddasini sotmoqchi bo‘lgan ikki shaxs — ilgari sudlangan 1960-yilda tug‘ilgan fuqaro va uning 1980 yilda tug‘ilgan sherigi qo‘lga olindi.

Urganch shahrida esa 499 gramm “opiy” va 12 gramm “geroin”ni 11 500 AQSh dollariga sotayotgan ikki shaxs jinoyat ustida ushlandi. Ulardan birining hovlisidagi yer osti xonadan yana 351 gramm “opiy” topildi. Aniqlanishicha, narkotik vositalar Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan.

Afyunni yashirgan sobiq mahkum

Hazorasp tumanida 1962 yilda tug‘ilgan, ilgari sudlangan fuqaroning uyidan 989 gramm “opiy” moddasi aniqlandi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur narkotik vosita ham Tojikistondan noqonuniy yo‘llar bilan keltirilgan.

Jinoyat ishlari ochildi, tergov davom etmoqda

Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, barcha gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi. Ayni paytda surishtiruv va tergov ishlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Jizzaxdagi choyxonada yong‘in yuzaga keldi'ning rasmi

    Jamiyat 17.05.2025 11:00

    Jizzaxdagi choyxonada yong‘in yuzaga keldi

    Holat yuzasidan viloyat FVB xabar berdi.

    'Navoiyda oltin o‘g‘rilari qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 17.05.2025 07:13

    Navoiyda oltin o‘g‘rilari qo‘lga tushdi

    3 nafar o‘g‘ri Navoiy KMKning ishchisi bo‘lgan. Ular til biriktirib, tarkibida sof oltin bo‘lgan 2 kg yarim tayyor mahsulotni o‘g‘irlamoqchi bo‘lishgan.

    'Toshkentdagi salonda ayolning yuzi kuydirib qo‘yildi'ning rasmi

    Jamiyat 17.05.2025 06:15

    Toshkentdagi salonda ayolning yuzi kuydirib qo‘yildi

    Xizmat tegishli ruxsatnomasiz amalga oshirilganligi sabab Raqobat qo‘mitasi tomonidan to‘plangan ish hujjatlari Bosh prokuraturaga yuborilgan.

    'Namanganda plastik kartadan 100 mlnga yaqin pul o‘g‘irlagan yigit qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 17.05.2025 04:09

    'Bugun harorat 40 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat 17.05.2025 03:02

    Bugun harorat 40 darajagacha ko‘tariladi

    17 may kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    'Yengil huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etganlarga ogohlantirish beriladi'ning rasmi

    Jamiyat 16.05.2025 13:55

    Yengil huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etganlarga ogohlantirish beriladi

    Ma’muriy jazolar tizimiga yangi – “ma’muriy ogohlantirish” ta’sir chorasini kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.