AsosiyJamiyat

O‘zbek tili atrofida bo‘layotgan muhokamalarga Adliya vazirligi ham munosabat bildirdi

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi.

'O‘zbek tili atrofida bo‘layotgan muhokamalarga Adliya vazirligi ham munosabat bildirdi'ning rasmi

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek tilida muloqot qilish masalasida bahs-munozaralar kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan Adliya vazirligi mazkur sohadagi ayrim qonunchilik hujjatlari haqida eslatib o‘tdi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda o‘zbek tilining davlat tili sifatida qo‘llanilishini tartibga soluvchi asosiy hujjat “Davlat tili haqida”gi qonun hisoblanadi. Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham e’lon qilinadi.

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi.

Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarining ko‘pchiligi o‘zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin.

“Reklama to‘g‘risida”gi qonunga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama davlat tilida tarqatiladi. Bunda reklama mazmunining tarjimasini boshqa tillarda takror berilishiga yo‘l qo‘yiladi.

“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq tovar (ish, xizmat) to‘g‘risidagi ma’lumot iste’molchiga davlat tilida taqdim etiladi. Mazkur ma’lumot qo‘shimcha ravishda boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin.

Shu bilan birga, fuqarolar o‘zaro muloqot jarayonida foydalanadigan til bo‘yicha qonunchilikda qat’iy va majburiy talablar ko‘rsatilmagan. O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va tolerantlikni ta’minlash, har bir millat va elatning o‘ziga xosligini hurmat qilish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bunda, barcha fuqarolarga o‘z ona tilida gapirish, ta’lim olish va madaniy boyliklarni rivojlantirishda teng huquqlilik ta’minlanadi.

Xususan, “Davlat tili haqida”gi qonunga ko‘ra, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi. Zero Konstitutsiyaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.

“Yuqoridagilarga ko‘ra, millatlararo munosabatlarga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan masalalarni yoritishda, O‘zbekiston qonunchiligi, shuningdek, umuminsoniy va professional etika normalariga rioya etilishini ta’minlash maqsadga muvofiq.

Shu bilan birga, O‘zbekiston fuqarolarining tildan foydalanish huquqlarini kamsitish, shu asosda nizo qo‘zg‘atish javobgarlikka sabab bo‘lishi ham eslatib o‘tiladi”, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda ekolaboratoriyalar tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:08

    Toshkentda ekolaboratoriyalar tashkil etildi

    Ekologiya qoʻmitasi ifloslanishga qarshi kurashni kuchayitirmoqda. Poytaxt havosi 24/7 nazorat tizimiga oʻtdi.

    'Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi

    2026 yil 1 martdan boshlab vafot etgan shaxsning o‘limi qayd etilgandan so‘ng, uning eri yoki xotini, ota-onasi, farzandlarining my.gov.uzʼdagı shaxsiy kabinetiga o‘lim qayd etilgani haqida QR-kodli ma’lumotnoma bepul yuboriladi.

    'Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:01

    Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi

    59 yoshli erkak avval ham jinoyat sodir etgan bo‘lib, hozirda narkosavdogarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    'Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:58

    Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi

    "O'zgidromet" 22 noyabr kunggi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02