AQSHning Florida shtatida kichik motorli samolyot halokatga uchradi, yuyeya yozmoqda "Zamon.uz".
Qayd etilishicha, Sessna 310R rusumli yengil samolyot Boka-Raton shahrida avtomobil yo‘liga qulab tushgan. Hodisa shahar yaqinidagi yo‘l harakati ishtirokchilari uchun ham xavfli bo‘ldi, biroq dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lda bo‘lgan mashinalarga katta zarar yetmagan.
Samolyot Boka-Ratondan Florida shtatining shimolidagi Tallahassiga parvoz qilayotgan edi. Bortda 6 nafar odam bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Hozircha ular orasida tirik qolganlar yoki qurbonlar bor-yo‘qligi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
Mahalliy favqulodda vaziyatlar xizmatlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borishgan. Hozirda halokat sabablari bo‘yicha tergov olib borilmoqda