Turkiyadagi asosiy oppozitsion partiya Jumhuriyat xalq partiyasi (CHP) ni muddatidan avval prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini talab qilmoqda.
Prezidentga muxolif partiya tarafdorlari bu tashabbusini qo‘llab quvvatlovchi 10 milliondan ortiq imzo yig‘ishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qilgan. Bu haqda partiya yetakchis Ozel, Samsun viloyatida o‘tkazilgan mitingda ma’lum qildi
Muddatidan avval saylovlar o‘tkazish talab qilingan ommaviy kampaniya 30 mart kuni Qora dengiz bo‘yidagi Trabzon viloyatida boshlangan bo‘lib, ayni paytda hibsda saqlanayotgan Istanbul shahar hokimi Imamoglu shu yerda tug‘ilgan.
Avvalroq esa muxolif partiya 28 million ovoz - ya’ni amaldagi prezident Erdo‘g‘on 2023 yil maydagi saylovlarda olgan ovozlar sonidan sal ko‘proq ovoz yig‘ishni maqsad qilgan edi.
Abdulloh Sayyid