AsosiyDunyo

Turkiyalik ayol zilziladan so‘ng eri bilan ajrashishga qaror qildi

Istanbulda yashovchi ayol zilziladan keyin eriga qo‘ng‘iroq qilib bog‘lana olmagani uchun u bilan ajrashishga qaror qilgan.

'Turkiyalik ayol zilziladan so‘ng eri bilan ajrashishga qaror qildi'ning rasmi

Istanbulda yashovchi ayol zilziladan keyin eriga qo‘ng‘iroq qilib bog‘lana olmagani uchun u bilan ajrashishga qaror qildi. Bu voqea haqida huquqshunos Ergyun Kazanir ijtimoiy tarmoq X orqali ma’lum qildi.

Advokatning aytishicha, unga bir mahalliy ayol murojaat qilgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, zilzila sodir bo‘lganidan keyin farzandi bilan uydan pastga tushib, hovlida joylashgan va qiyinchilik bilan eriga qo‘ng‘iroq qilgan. Eri unga yaqin vaqt ichida kelishini aytgan va shuning uchun oila a’zolari hovlida, telefoni quvvati tugash arafasida bo‘lgan holda uni kutgan.

Eri qaytib kelganida, ayol undan yaqinlariga qo‘ng‘iroq qilish uchun telefonini so‘ragan. Smartfonni olgan turk ayoli shunda bilib qolganki, zilzila sodir bo‘lgan zahoti eri avval unga emas, balki Istanbuldan 200 kilometr uzoqlikdagi Dyuzdje shahrida shaxsiy uyda yashaydigan onasiga qo‘ng‘iroq qilgan ekan.

Advokat Ergyun Kazanir ta’kidlaganidek, u ilk bor shunday masalaga — zilziladan so‘ng avvalo kimga qo‘ng‘iroq qilish kerakligi: onagami yoki rafiqagami, degan dilemmaga duch kelgan.

Natijada, mijoz ayol advokat xizmatlari uchun 250 ming lira to‘ladi va u o‘zini birinchi o‘ringa qo‘ymagan odam bilan hayotni davom ettirish niyati yo‘qligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 25-aprel kuni Istanbulda magnitudasi 4,3 bo‘lgan yangi zilzila ro‘y berdi. Shaharning g‘arbiy qismida bir necha kuchli silkinishlar yuz bergan.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shveytsariya muzeyidan oltin tangalar o'g'irlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:08

    Shveytsariya muzeyidan oltin tangalar o'g'irlandi

    Kecha Lozannadagi qadimiy Rimga bag'ishlangan muzeyda o'g'irlik sodir etildi. Oltinlarning qiymati hozircha oshkor qilinmadi. Faqat politsiya tangalar "arxeologik qiyamatga ega"ligini aytdi.

    'Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi'ning rasmi

    Dunyo 22.11.2025 21:05

    Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi

    Sobiq prezident bunga cha uy qamog‘ida saqlanayotgan edi.

    'Nigeriyadagi katolik maktabidan 300 nafar bola o'g'irlab ketildi'ning rasmi

    Dunyo 22.11.2025 17:41

    Nigeriyadagi katolik maktabidan 300 nafar bola o'g'irlab ketildi

    Qurollangan shaxslar maktabga bostirib kirib, 303 nafar bola va 12 nafar maktab xodimini o'g'irlab ketishgan. Bu bir haftaning ichida ikkinchi marta sodir bo'lmogda. Nigeriyada bir haftada ikki marta bolalar ommaviy o'g'irlandi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.