AsosiySport

“Xebey Chayna Forchun” Lionel Messiga yiliga 100 mln evro taklif qilmoqda

Xitoyning "Xebey Chayna Forchun" klubi "Barselona" hujumchisi Lionel Messiga 5 yilga mo`ljallangan yiliga 100 million evrolik maoshli shartnoma taklif qilmoqda.

Argentina terma jamoasi sardorining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning 30 iyunida yakuniga etadi. Avvalroq kataloniyaliklar hujumchiga yiliga 35 million evro maosh to`lashga va yangi shartnoma taklif etishga tayyorligi aytilgandi. Ammo Messi bu shartnomani imzolamoqchi emasligi ta`kidlanmoqda.

«Xebey Chayna Forchun» bosh murabbiyi Manuel Pellegrini hisoblanadi. U avval "Manchester Siti" va "Real" klublarini boshqargan. Jamoa tarkibida shuningdek Gael Kakuta, Esekel Lavessi, Stefan Mbia va Jervino kabi taniqli futbolchilar bor.

Boshqa yangiliklar