AsosiyDunyo

AQSh "Abrams" tanklarini Ukrainaga chiqarmayapti

AQSh Avstraliyadan Ukrainaga yuborilishi rejalashtirilgan 49 ta “M1A1 Abrams” tanki yetkazib berilishini cho‘zmoqda.

'AQSh "Abrams" tanklarini Ukrainaga chiqarmayapti'ning rasmi

Avstraliyaning “ABC” telekanali xabar berishicha, AQSh rasmiylari 49 dona “M1A1 Abrams” tankining Ukrainaga yetkazilishiga hali ruxsat bermagan. Gap shundaki, ushbu harbiy texnikaning ishlab chiqaruvchisi sifatida AQSh bu eksportga ruxsat berishi kerak.

Manbaga ko‘ra, AQSh tomoni Avstraliya rasmiylariga tanklarni jo‘natishda logistika xarajatlari va Ukrainada ularni texnik xizmat bilan ta’minlashda yuzaga keladigan qiyinchiliklar haqida xavotir bildirgan.

“Muammoning yana bir tomoni shundaki, agar tinchlik bitimi imzolansa, tanklar dengiz o‘rtasida kema bortida bo‘lishi noqulay holatga aylanadi. Bundan tashqari, ularni dengiz safarida nazorat qilish uchun zarur malakali kadrlar yetishmaydi”, — degan ABC’ga intervyu bergan avstraliyalik rasmiy.

Avstraliya Mudofaa vazirligi esa “ABC” nashriga bergan izohida Ukrainaga 49 ta tankni topshirishga tayyorlik bildirishda davom etayotganini ma’lum qilgan. Ularning aytishicha, eksport jarayoni hozircha davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, Avstraliya 2024 yil oktyabr oyida Ukrainaga “M1A1 Abrams” tanklarini berishni e’lon qilgan edi. Ularga ajratilgan mablag‘ 163 million dollarga baholangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tramp: “Ikkinchi prezidentlik davrimning ilk 100 kuni – AQSh tarixidagi eng muvaffaqiyatlisi bo‘ladi”'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:49

    Tramp: “Ikkinchi prezidentlik davrimning ilk 100 kuni – AQSh tarixidagi eng muvaffaqiyatlisi bo‘ladi”

    AQSh prezidenti Donald Tramp Michigan shtatining Uorren shahrida o‘z tarafdorlari oldida nutq so‘zladi.

    '“Amazon” bojxona to‘lovlarini ko‘rsatish fikridan voz kechdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:32

    “Amazon” bojxona to‘lovlarini ko‘rsatish fikridan voz kechdi

    Kompaniyaning ma’lum qilishicha, bu g‘oya muhokama qilingan, biroq u rasman qabul qilinmagan va hozirda amalga oshirilmaydi.

    'Rossiyada migrant ota-onalar soni ortib ketdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:41

    Rossiyada migrant ota-onalar soni ortib ketdi

    Rossiya Federatsiyasida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan migrant ota-onalar soni keskin oshgani kuzatilmoqda.

    'Putin tinchlik evaziga Ukrainaning to‘rt viloyatni talab qilmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:24

    Putin tinchlik evaziga Ukrainaning to‘rt viloyatni talab qilmoqda

    Rossiya rahbari Ukraina bilan tinchlik bitimini imzolash uchun Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlari ustidan to‘liq nazorat o‘rnatilishi kerakligini aytgan.

    'Eronda yana bir portlash ro‘y berdi'ning rasmi

    Dunyo 29.04.2025 20:43

    Eronda yana bir portlash ro‘y berdi

    Halok bo‘lgan va jarohatlanganlar bor.

    'Amerikalik ayol erini tashlab, ChatGPT'ga turmushga chiqmoqda!'ning rasmi

    Dunyo 29.04.2025 19:40

    Amerikalik ayol erini tashlab, ChatGPT'ga turmushga chiqmoqda!

    Ayol ChatGPT asosida yaratilgan virtual sherigi Leo unga "g‘ayritabiiy" muhabbat berganini qayd etgan.