AsosiySalomatlik

Qulupnayni nega tuzli va sodali suvda yuvib yeyish zararli?

Qulupnay mavsumida ko‘pchilikni qiziqtirgan savollarga professor javobi.

'Qulupnayni nega tuzli va sodali suvda yuvib yeyish zararli?'ning rasmi

SSV Matbuot xizmatining shu kabi savollariga tibbiyot fanlari doktori, professor Nizom Ermatov javob berdi.

Allergiyaga sabab bo‘lishi mumkin — Qulupnay iste’molida ehtiyot bo‘ling!

Mutaxassisning qayd etishicha, qulupnay mevalar ichida oziqaviy va biologik qiymati yuqori, vitamin va minerallarga boy bo‘lgan, bahor va yoz fasllarida keng iste’mol qilinadigan ne’matlardan biri hisoblanadi. Biroq bu mevani yetishtirish va iste’mol qilish jarayonida bir qator gigiyenik va salomatlik masalalariga jiddiy e’tibor qaratish zarur.

Ma’lum qilinishicha, qulupnay ba’zan zararli pestitsidlar yordamida yetishtiriladi, ularning ayrim qoldiq moddalari mevaning yuzasida saqlanib qolishi mumkin. Xususan, tuproq gigiyenik talablarga javob bermasa, qulupnay orqali turli parazitlar, shu jumladan gijja qurti tuxumlari inson organizmiga tushishi ehtimoli mavjud.

Shu bois, qulupnayni iste’mol qilishdan avval uning yashil bargli qismini olib tashlash va mevani tozalab, yaxshilab yuvish tavsiya etiladi. Tibbiyot mutaxassislari qulupnayni tuzli yoki sodali suv bilan yuvmaslikni, bu usullar mevaning tashqi yupqa qavatini shikastlab, uning oziqaviy qiymatini pasaytirishini ta’kidlashmoqda.

Qulupnay tarkibida C vitamini (askorbin kislota), folat (folyo kislota), magniy, marganes, selen va ayrim hollarda temir va yod kabi minerallar mavjud. Ammo shunga qaramasdan, ortiqcha va nazoratsiz iste’mol qilinganda qulupnay allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu ayniqsa bolalar, allergiyaga moyil insonlar uchun xavfli hisoblanadi.

Shuningdek, dehqonlarimizga qulupnay terimini ertalab amalga oshirish va mevani tezkorlik bilan to‘g‘ri sharoitda saqlash tavsiya etiladi. Chunki kechqurun terilgan va noto‘g‘ri saqlangan qulupnay tezda buzilishi mumkin.

Mutaxassis aholini qulupnay mevasini ehtiyotkorlik bilan tanlab, yuvish va iste’mol qilishga chaqirmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi'ning rasmi

    Salomatlik 20.11.2025 13:29

    Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi

    20 noyabr kuni tongdan boshlab Toshkentda havo sifati keskin yomonlashdi.

    'COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?'ning rasmi

    Salomatlik 17.11.2025 01:05

    COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?

    Vaksina olgan ayrim saraton bemorlarining yashash muddati ikki baravar oshgani aniqlandi.

    ''ning rasmi

    Salomatlik 16.11.2025 17:07

    'Tuberkulyozi yiliga 1 milliondan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lmogda — JSST'ning rasmi

    Salomatlik 14.11.2025 11:31

    Tuberkulyozi yiliga 1 milliondan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lmogda — JSST

    O'tgan yili dunyo bo'yicha 8,3 million kishiga ushbu kasallik tashxisi qo'yilgan, ulardan 1,2 million nafari hayotdan ko'z yumgan.

    'Antibiotiklar bakteriyalarga qarshi samarasizlashib bormoqda'ning rasmi

    Salomatlik 15.10.2025 14:05

    Antibiotiklar bakteriyalarga qarshi samarasizlashib bormoqda

    Infeksiyalarning dori vositalariga chidamliligi 5–15 foizga oshmoqda.

    'Chips va "fast-food" xotira pasaytiradimi?'ning rasmi

    Salomatlik 17.09.2025 08:40

    Chips va "fast-food" xotira pasaytiradimi?

    Chips va "fast-food" iste'molidan 4 kundan so'ng xotira pasayishi mumkin, olimlar ogohlantirmoqda