AsosiySalomatlik

Dunyoda ilk bor yurak urishdan to‘xtamasdan ko‘chirib o‘tkazildi

Tayvan Milliy universiteti shifoxonasi (NTUH) jarrohlari tarixda ilk bor donor yuragini urishdan to‘xtatmasdan ko‘chirib o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.

'Dunyoda ilk bor yurak urishdan to‘xtamasdan ko‘chirib o‘tkazildi'ning rasmi

Vaholanki, an’anaviy yurak transplantatsiyasi sovuqda saqlash usuliga tayanadi. Bunda a’zoga qon oqimi to‘xtaydi, shu sababli hatto bir necha soat kislorodsiz qolgan yurak mushaklariga zarar yetishi mumkin. Bunday holatdagi amaliyotda organizm yurakni rad etishi xavfi mavjud. Shuningdek, operatsiyadan keyingi asoratlar ham kuzatilishi ehtimoli bor.

 NTUH jarrohlari buning oldini olish uchun organlarni parvarish qilishning maxsus tizimini ishlab chiqqan. U kislorod bilan to‘yingan qonni donor yuragiga tanaffussiz yetkazib beradi.

Ushbu tizim yurakni tanadan tashqaridagi nasoslar, oksigenatorlar va rezervuarlardan foydalangan holda ishlatishni ta’minlaydi.

“Yurak olinishidan oldin ham, olingandan keyin ham urishda davom etdi va hech qachon to‘xtamadi”, deb ta’kidladi NTUH organ transplantatsiyasi jamoasi rahbari Chen Ix-Shurng.

Tayvan Milliy universiteti shifoxonasi (NTUH) jarrohlari tarixda ilk bor donor yuragini urishdan to‘xtatmasdan ko‘chirib o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.

    Boshqa yangiliklar