AsosiyDunyo

Hindiston va Pokiston bir-biriga aviazarba yo‘lladi

Hindiston hujumi oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘lgan, 35 kishi jarohatlangan.

'Hindiston va Pokiston bir-biriga aviazarba yo‘lladi'ning rasmi

Hindiston rasmiylari 7-mayga o‘tar kechasi Pokistondagi, shuningdek, Kashmirning Pokiston qismidagi “terrorchilik” infratuzilmasiga hujum qilib, “Sindur” operatsiyasini boshlaganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Hindiston armiyasi Pokistondagi 9 ta obyektga zarba bergan. Ularning harakatlari “aniq, vazmin va eskalatsiyaga yo‘naltirilmagan” bo‘lgan. Hujumda “Pokiston qurolli kuchlarining birorta ham obyekti nishonga olinmagani” aytilgan.

Zarbalardan so‘ng Hindiston armiyasining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida “Adolat tantana qildi” degan post e’lon qilingan.

Pokiston armiyasi zarbalar terrorchilarga emas, balki tinch aholi yashaydigan hududlarga berilganini ma’lum qilgan. Mamlakat havo hududini 48 soatga yopgan. Hindiston hujumi oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘lgan, 35 kishi jarohatlangan.

    Boshqa yangiliklar