AsosiyDunyo

AQSh yetakchisi Fors ko‘rfazini Arab ko‘rfazi deb nomlamoqchi

Tramp may oyida Saudiya Arabistoniga tashrifi davomida bu borada tegishli bayonotni bergan.

'AQSh yetakchisi Fors ko‘rfazini Arab ko‘rfazi deb nomlamoqchi'ning rasmi

AQSH prezidenti Donald Tramp Fors ko‘rfazi nomini o‘zgartirib, uni Arabiston yoki Arab ko‘rfazi deb atashni rejalashtirmoqda. Bu haqda ikki amerikalik amaldorga tayanib, “Associated Press” ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Tramp may oyida Saudiya Arabistoniga tashrifi davomida tegishli bayonotni bergan. Yaqin Sharqning ko‘plab mamlakatlarida “Arab ko‘rfazi” va “Arabiston ko‘rfazi” atamalari keng qo‘llaniladi. Eron bunday nomlanishga qarshi chiqmoqda.

Ma’lumot uchun, Fors — bu ko‘rfazning an’anaviy geografik nomi bo‘lib, u hozirgi Eron hududida joylashgan qadimgi Fors davlati sharafiga nomlangan.

    Boshqa yangiliklar