2025 yil 7 may kuni soat taxminan 15:06 larda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Qushtepa” mahallasida joylashgan “YIGITALI” MCHJga qarashli avtoyoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in yoqilg‘i saqlanadigan, hajmi 10 m³ bo‘lgan ikkita rezervuarga “ZIL” rusumli avtomashinaga yoqilg‘i quyilayotgan paytda yuz bergan chaqnash natijasida kelib chiqqan. Hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro halok bo‘lgan, yana bir kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Hozirda ushbu voqea bo‘yicha tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.