Rossiyadagi vaqtincha saqlash markazlarida hozirgacha 100 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi saqlanayotgani xabar qilindi. Bu haqda "Dunyo" ma’lum qildi.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Evgeniy Volosatov bilan uchrashuvda ularni tezroq vatanga qaytarish masalasini ko‘rib chiqishgan.
Shuningdek, ayrim fuqarolarni saqlash muddati uzayib ketgani bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushgan.
Uchrashuvda migratsiya qoidalarini buzgani uchun ushlangan vatandoshlarning huquqlarini himoya qilish va Primore hududidagi vaziyatni yaxshilash uchun qo‘shimcha muzokaralar olib borilishi ma’lum qilingan. Rossiyada hozirda vaqtincha ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni qariyb 1,3 millionni tashkil etadi.






