AsosiyDunyo

Tramp Zelenskiyga 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini taklif qildi

Bu haqida Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Ukraina rahbari bilan bo‘lib o‘tgan telefon orqali suhbatda aytgan.

'Tramp Zelenskiyga 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini taklif qildi'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatlashganidan so‘ng, Ukrainada 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini taklif qildi. Bu haqda Tramp o‘zining “Truth Social” platformasida yozib qoldirdi.

“Agar o‘t ochishni to‘xtatish rejimi buzilsa, Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari Rossiyaga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar joriy etadi. Men Yevropaliklar bilan birgalikda Rossiya va Ukraina o‘rtasida barqaror tinchlik o‘rnatishga intilaman”, — deya bayonot berdi Tramp.

Ushbu chiqish Zelenskiy bilan o‘tgan muloqot ortidan yuz berdi. Ukraina rahbari suhbatni “yaxshi” deb atab, tinchlik sari aniq qadamlar zarurligini muhokama qilganliklarini aytdi.

“Ukraina bugunoq 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor. Rossiyadan ham shunga nisbatan aniq qaror kutyapmiz. Har qanday formatda muzokaralarga tayyormiz, ammo Moskva o‘zining jiddiy yondashuvini namoyon etishi kerak”, — deya ta’kidladi Zelenskiy.

Uning ta’kidlashicha, 7 may kuni Ukraina urushni kamida 30 kunga to‘xtatishni yana bir bor taklif qilgan.

Rossiya tomoni hozircha na Zelenskiyning, na Trampning tashabbuslariga munosabat bildirmadi. Avvalroq, Vladimir Putin G‘alaba bayrami munosabati bilan 11 may soat 00:00 gacha o‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qilgan edi.

Shuningdek, Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Rossiya davlat telekanali efirida Rossiya va AQSh rahbarlari o‘rtasida uchrashuvga intilish borligini bildirgan. Uning aytishicha, “Vashington Moskvaning talablari va pozitsiyasini tushuna boshlagan”. Shu bilan birga, u AQSh Rossiyani hafsalasi pir qilganidan ko‘ra ko‘proq umidsizlik uyg‘otayotganini ta’kidladi.

    Boshqa yangiliklar