AsosiyDunyo

Xitoy va AQSH savdo urushini tugatdimi?

Joriy yilning 10–11 may kunlari Jenevada ikki davlat vakillari muzokara o‘tkazdi.

'Xitoy va AQSH savdo urushini tugatdimi?'ning rasmi

Xitoy va AQSH o‘rtasidagi savdo urushi tinch yo‘l bilan hal etilishi mumkin degan taxminlar yana bir bor kuchaydi.

Joriy yilning 10–11 may kunlari Jenevada ikki davlat vakillari muzokara o‘tkazdi va savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha alohida maslahatlashuv mexanizmini yaratishga kelishdi.

Uchrashuvda Xitoydan Davlat kengashi raisi o‘rinbosari Xe Lifen boshchiligidagi delegatsiya, AQSHdan esa Moliya vaziri Skott Bessent va savdo vakili Jeymison Grir qatnashdi.

Xe Lifen tomonlar o‘tgan sammitda erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish yo‘lida harakat qilayotganini bildirdi.

U Xitoy savdo urushini xohlamasligini, lekin agar AQSH bosimni davom ettirsa, javob choralari ko‘rilishini ta’kidladi.

“Bizga barqaror va sog‘lom iqtisodiy munosabatlar kerak, bu faqat Xitoy va AQSH uchun emas, butun dunyo uchun muhim”, — deydi u.

AQSH tomoni ham muzokaralarni ijobiy baholadi. Grirga ko‘ra, erishilgan kelishuv natijasida AQSH savdo balansi taqchilligi kamayadi. Prezident Tramp esa muzokaralarni “konstruktiv” deb atadi va amerikalik kompaniyalar uchun Xitoy bozorining ochilishi ikki tomon uchun foydali bo‘lishini aytdi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi tariflar jiddiy bosimga sabab bo‘lgan. AQSH Xitoy mahsulotlariga 125 foizgacha boj joriy qilgan, Xitoy esa bunga javoban 84 foizlik boj qo‘llagan edi. Endilikda esa tomonlar muzokara yo‘lini tanlayotgani iqtisodiy keskinlikni yumshatishga xizmat qilishi mumkin.

Muloqot boshlangani yaxshi, ammo bu hali yakun emas. Tomonlarning qanday qaror qabul qilishi – dunyo iqtisodiyoti taqdiriga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Varshavadagi yong‘inga Rossiya aloqadormi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:44

    Varshavadagi yong‘inga Rossiya aloqadormi?

    Polsha bosh vaziri Donald Tusk ushbu hodisa ortida Rossiya maxsus xizmatlari turganini bildirgan.

    '“Hamas” Amerika fuqarosi bo‘lgan isroillik asirni ozod qiladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:51

    “Hamas” Amerika fuqarosi bo‘lgan isroillik asirni ozod qiladi

    Mahbusning yaqin 48 soat ichida ozod qilinishi kutilmoqda.

    'Zelenskiy va Putinning uchrashuviga Tramp nima deydi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:19

    Zelenskiy va Putinning uchrashuviga Tramp nima deydi?

    Joriy yilning 15-may kunida Ukraina yetakchisi hamda Rossiya rahbari Turkiyada muzokara o‘tkazishga kelishdi.

    'Germaniyada “AdG” partiyasini taqiqlash talab qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:15

    Germaniyada “AdG” partiyasini taqiqlash talab qilindi

    Mazkur partiyaga qarshi mamlakatda 50 dan ortiq miting o‘tkazilgan.

    'Sovet kosmik kemasi "Kosmos-482" Hind okeaniga qulab tushdi'ning rasmi

    Dunyo 11.05.2025 19:06

    Sovet kosmik kemasi "Kosmos-482" Hind okeaniga qulab tushdi

    Ma’lum qilinishicha, harakat blokidagi nosozlik sababli qurilma Yerning yuqori elliptik orbitasida qolgan va asta-sekin sayyoraga yaqinlashib, qulagan.

    'Shri-Lankada avtobus jarlikka qulab tushdi'ning rasmi

    Dunyo 11.05.2025 17:55

    Shri-Lankada avtobus jarlikka qulab tushdi

    Hodisa oqibatida 21 kishi halok bo‘lgan.