AsosiyDunyo

Sud Luksemburgning Mediahuis mediaxoldingiga Usmonovni "Dilbar" yaxtasi egasi deb atashni taqiqladi

Ushbu ma’lumotni, Luksemburgdagi yirik mediaxolding — Mediahuis Luxembourg nazoratidagi nashrlar tarqatgan.

'Sud Luksemburgning Mediahuis mediaxoldingiga Usmonovni "Dilbar" yaxtasi egasi deb atashni taqiqladi'ning rasmi

Gamburgning hududiy sudi "USM" xoldingi asoschisi Alisher Usmonov "Dilbar" nomli yaxtaning egasi ekanligi haqidagi da’voni haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deb topdi. Ushbu ma’lumotni, jumladan, Luksemburgdagi yirik mediaxolding — Mediahuis Luxembourg nazoratidagi nashrlar tarqatgan.

Germaniya sudi yaxtaga egalik haqidagi da’voni janob Usmonovning huquqlarini buzuvchi deb baholadi va bu kabi ma’lumotni tarqatishni taqiqladi. Agar bu taqiq buzilsa, har bir holat uchun 250 ming yevrogacha miqdorda ma’muriy jarima belgilanadi, jarima undirilmasa — har bir holat uchun 6 oygacha ma’muriy qamoq jazosi va umumiy hisobda 2 yilgacha ozodlikdan mahrum etish tayinlanishi mumkin. Hozirda Luxembourg Times saytidan munozarali maqola parchasi olib tashlangan.

Alisher Usmonov manfaatlarini himoya qilayotgan yurist Yoaxim Shtaynxyofelning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi (YEI) prokuraturasi va sanksiya qo‘llovchi idoralari "sud tomonidan man etilgan va obro‘sizlangan OAV materiallariga tayangan". Uning so‘zlariga ko‘ra, bu "protsessual qonunbuzarliklar borasida jiddiy xavotir uyg‘otadi".

Joriy yilning fevral oyida Germaniyaning DPA axborot agentligi Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova Dilbar yaxtasining egasi ekanligi haqidagi xabarini qaytarib oldi. Yevropa Ittifoqi ushbu ma’lumotni Ismoilovaga qarshi sanksiya qo‘llash uchun asos sifatida keltirgan edi. Shu da’vo asosida 2022 yilda ushbu yaxtada tintuv ham o‘tkazilgan edi.

2025 yil aprel oyida Germaniyaning Münchner Merkur gazetasi Alisher Usmonov va unga nisbatan iddao qilingan mulklar haqidagi 15 ta maqolani saytidan o‘chirdi.

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar