AsosiyDunyo

Argentinada Oliy sud yerto‘lasidan natsistlarga oid 83 quti hujjat topildi

Ushbu topilmalarni tartibga keltirish jarayoniga Buenos-Ayresdagi “Xolokost”muzeyi mutaxassislari jalb etilgan.

'Argentinada Oliy sud yerto‘lasidan natsistlarga oid 83 quti hujjat topildi'ning rasmi

Argentina Oliy sudining yerto‘la qismidan natsistlar davriga oid 83 ta quti hujjat – ochiqchalar, suratlar hamda targ‘ibot materiallari topildi. Bu haqda “Der Spiegel” nashri mahalliy OAVga tayanib xabar berdi.

Topilmalarni tartibga keltirish jarayoniga Buenos-Ayresdagi “Xolokost” muzeyi mutaxassislari jalb etilgan.

Sud hujjatlariga ko‘ra, ushbu materiallar 1941-yil iyun oyida Yaponiya poytaxti Tokiodagi “uchinchi reyx” elchixonasi tomonidan Argentinaga jo‘natilgan. Maqsad – Gitler mafkurasini Janubiy Amerika mintaqasida targ‘ib qilish bo‘lgan.

Ammo yuk kelib tushganidan so‘ng Argentina hukumati uni musodara qilgan, chunki mazkur materiallarning tarqalishi mamlakatning Ikkinchi jahon urushidagi betarafligiga tahdid solishi mumkin edi.

1945-yilda Germaniyaning mag‘lubiyatidan so‘ng ko‘plab natsist amaldorlari Argentinaga qochib kelgani ma’lum. Shu yili Argentina Milliy arxivi Adolf Eyxman va Yozef Mengele kabi urush jinoyatchilariga oid 1850 ta hujjatni e’lon qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Hindiston bosh vaziri fuqarolarga murojaat qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:35

    Hindiston bosh vaziri fuqarolarga murojaat qildi

    Siyosatchi mamlakat bo‘lajak terrorchilik hujumiga keskin javob qaytarishini bildirdi.

    '“Veymar+” Rossiyani Ukrainaga o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:09

    “Veymar+” Rossiyani Ukrainaga o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

    Bildirilishicha, Rossiya Ukrainaga 30 kun o‘t ochmasligi lozim.

    'Zelenskiy Rossiyaning siyosiy manipulyatsiyasini neytrallashtirdimi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:03

    Zelenskiy Rossiyaning siyosiy manipulyatsiyasini neytrallashtirdimi?

    Putinning Ukrainaga Istanbulda bevosita muzokaralar taklif etishi Rossiyaning diplomatik strategiyasi sifatida baholanmoqda.

    'Rossiyada 1-iyundan "Xudo ko‘zi" nomli yuzni tanish tizimi ishga tushiriladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:52

    Rossiyada 1-iyundan "Xudo ko‘zi" nomli yuzni tanish tizimi ishga tushiriladi

    Bu tizim orqali jamoat joylaridagi kuzatuv kameralari, savdo markazlaridagi ramkalar va hatto xonadon domofonlari orqali fuqarolarning yuzlari aniqlanib, ma’lumotlar huquq-tartibot organlariga uzatiladi.

    'Sud Luksemburgning Mediahuis mediaxoldingiga Usmonovni "Dilbar" yaxtasi egasi deb atashni taqiqladi'ning rasmi

    Dunyo 12.05.2025 21:09

    Sud Luksemburgning Mediahuis mediaxoldingiga Usmonovni "Dilbar" yaxtasi egasi deb atashni taqiqladi

    Ushbu ma’lumotni, Luksemburgdagi yirik mediaxolding — Mediahuis Luxembourg nazoratidagi nashrlar tarqatgan.

    'Turkish Airlines samolyot to‘liq to‘xtamasdan o‘rnidan turgan yo‘lovchilarga jarima soladi'ning rasmi

    Dunyo 12.05.2025 21:04

    Turkish Airlines samolyot to‘liq to‘xtamasdan o‘rnidan turgan yo‘lovchilarga jarima soladi

    Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu kabi xatti-harakatlar aviatsiya qoidalarini buzish sifatida baholanadi.