AsosiyJinoyat

Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka 342 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

'Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka 342 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi'ning rasmi

Bosh prokuratura tomonidan Toshkent viloyatida madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishga qaratilgan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Tekshiruvlar davomida bir qator noyob arxeologik yodgorliklarga jiddiy ziyon yetkazilgani aniqlandi.

Aniqlanishicha, Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan V–VII asrlarga oid “Zokirtepa” yodgorligining 1400 kub metr qismi terak ekish uchun qazilgan. Buning natijasida 44,6 mlrd so‘m zarar yetgan.

Shu tumandagi “Sanchtepa” yodgorligining 129 kub metr qismi yo‘l ochish maqsadida tekislangan — zarar 2,2 mlrd so‘m.

Parkent tumanida “Qoravultepa” va “Yertepa” yodgorliklariga qilingan zarar 16,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Piskentda joylashgan miloddan avvalgi V asrga oid “Mingtepa” yodgorligining 7000 kub metr qismi buzilib, 231 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

Ohangaron, Yuqorichirchiq, O‘rtachirchiq tumanlari va Nurafshon shahrida ham tarixiy obyektlarga shikast yetkazilib, jami 47 mlrd so‘mdan ortiq zarar qayd etilgan.

Umumiy hisobda 13 ta yodgorlikka 342 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlanib, mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar