Stressni yengish va depressiya alomatlarini yengillashtirishda insonga ba’zi mahsulotlar yordam beradi, deb yozadi PrimaMedia.ru shifokor-reabilitolog Sergey Agapkin va diyetolog Marina Makishaga tayanib.
"Eng muhimi haqida" dasturida ular tarkibida triptofan bo‘lgan pishloq salbiy his-tuyg‘ularni yengishga yordam berishini aytilgan.
Shuningdek, tarkibida omega-3 bo‘lgan dengiz balig‘i ham yomon kayfiyat bilan kurashishda yordam beradi. U depressiya alomatlarini kamaytirishi mumkin.
Stressga qarshi kurashda yana bir muhim mahsulot - dalachoy bo‘lib, uning tarkibida miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan biologik faol moddalar mavjud.