AsosiyDunyo

Fransuz razvedkasi Telegram orqali Yevropadagi siyosatga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘ldimi?

Pavel Durov fransuz maxsus xizmatlarini Yevropa siyosatiga aralashishga uringanlikda aybladi.

'Fransuz razvedkasi Telegram orqali Yevropadagi siyosatga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘ldimi?'ning rasmi

Uning aytishicha, Fransiya tashqi razvedkasi vakillari u bilan uchrashganini tasdiqlagan. Rasmiylar bu uchrashuvlar terrorizm va bolalarga oid pornografiyaga qarshi kurashish maqsadida o‘tkazilganini aytgan.

Biroq Durovning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvlarda bolalarga oid pornografiya mavzusi umuman ko‘tarilmagan. Asosiy e’tibor Fransiyadagi terrorizmga gumonlanuvchilarning IP-manzillarini olishga qaratilgan bo‘lgan.

Ammo razvedkaning asosiy maqsadi bu emasdi, deydi Durov — ular Ruminya, Moldova va Ukraina kabi davlatlardagi geopolitik vaziyat bilan qiziqqan.

18-may kuni, Ruminya prezidenti saylovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tayotgan paytda, Durov ijtimoiy tarmoqdagi postlarida fransuz razvedkasi undan Ruminya saylovlari oldidan konservativ ovozlarni cheklashni talab qilganini yozdi.

Fransiyaning tashqi razvedkasi — DGSE esa bu da’volarni rad etdi. Ularning bildirishicha, Durov bilan bo‘lgan uchrashuvlarda faqat terrorizm va bolalarga oid jinoyatlarning oldini olish masalalari muhokama qilingan. Ular hech qanday siyosiy jarayonga aralashishni so‘ramaganini ta’kidlagan.

    Boshqa yangiliklar