AsosiyDunyo

Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada yetakchilari Isorilga tahdid qildi

Agar Isroil G‘azoga harbiy hujumni qayta boshlashni to‘xtatmasa, mazkur uchta davlat unga qarshi choralar ko‘radi.

'Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada yetakchilari Isorilga tahdid qildi'ning rasmi

Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada yetakchilari Isroilning G‘azo sektoriga qarshi harakatlari uchun sanksiya qo‘llash bilan tahdid qildi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Qayt etilishicha, agar Isroil G‘azoga harbiy hujumni qayta boshlashni to‘xtatmasa, gumanitar yordamning sektorga kirishiga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlamasa, yuqoridagi davlatlar unga qarshi choralar ko‘radi.

Biz har doim Isroilning fuqarolarini terrorizmdan himoya qilish huquqini qo‘llab-quvvatlaganmiz. Ammo bu keskinlashuv mutlaqo nomutanosib, deyiladi uch davlatning qo‘shma bayonotida.

Bayonot Isroil 16-may kuni G‘azoda quruqlikdagi hujumni kengaytirishga qaratilgan “Gideon aravalari” operatsiyalari boshlanganini e’lon qilgani, Netanyaxu G‘azo hududining barchasini nazoratga olishini aytganidan keyin yangradi. Xalqaro ekspertlar sektorga yaqinlashib kelayotgan ocharchilik haqida allaqachon ogohlantirgan.

Isroil hukumatining tinch aholiga zarur gumanitar yordam ko‘rsatishdan bosh tortishini qabul qilib bo‘lmaydi va bu xalqaro gumanitar huquqning buzilishi hisoblanishi mumkin. Biz G‘arbiy sohildagi aholi punktlarini kengaytirishga bo‘lgan har qanday urinishlarga qarshimiz...

Biz hech ikkilanmasdan keyingi choralarni, jumladan, sanksiyalarni qabul qilamiz, deyiladi Britaniya hukumati tomonidan e’lon qilingan qo‘shma bayonotda.

Bunga javoban Netanyaxu shunday deydi:

London, Ottava va Parij rahbarlari 7-oktyabr kuni Isroilga qarshi amalga oshirilgan genotsid xurujiga ulkan mukofot taklif qilmoqda, bu esa yana shunday vahshiyliklarga yo‘l ochadi.

U Isroil o‘zini “adolatli” yo‘l bilan himoya qilishi, to‘liq g‘alabaga erishmaguncha kurashni davom ettirishini aytdi. Netanyaxu urushni tugatish uchun Isroilning asosiy shartlarini yana bir bor takrorladi: qolgan garovga olinganlarni ozod qilish va G‘azo sektorini demilitarizatsiya qilish.

HAMAS esa London, Parij va Ottavaning “qamal va ochlik siyosatiga prinsipial norozilik bildirilgan” qo‘shma bayonotini olqishlagan.

Ma’lumot uchun, Isroil 2-martdan beri G‘azo sektoriga gumanitar yordam olib kirishni to‘xtatganidan so‘ng anklavda 57 nafar bola vafot etdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bu raqam ortishi mumkinligini ma’lum qilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Trampning so‘nggi bayonoti Yevropa yetakchilarini xavotirga soldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:45

    Trampning so‘nggi bayonoti Yevropa yetakchilarini xavotirga soldi

    Trampning Putin bilan suhbatdan keyingi bayonotlari Vashington endi mojarolarda vositachilik rolidan chekinayotganidan darak berishi mumkin.

    'Xitoy G‘azo sektoriga gumanitar yordam yubordi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:43

    Xitoy G‘azo sektoriga gumanitar yordam yubordi

    Yordam samolyotining xavfsiz parvozini ta’minlash maqsadida uni xitoylik harbiy qiruvchi samolyotlar qo‘riqlab borgan.

    'AQSH "Hizbulloh" faoliyati haqidagi ma’lumot uchun 10 million dollar mukofot e’lon qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:50

    AQSH "Hizbulloh" faoliyati haqidagi ma’lumot uchun 10 million dollar mukofot e’lon qildi

    AQSH Davlat departamenti Braziliya, Paragvay va Argentinada «Hizbulloh» tashkilotining faoliyati haqida ma’lumot bergan shaxsni mukofotlamoqchi.

    'YI Rossiya nefti uchun narx chegarasini 50 dollargacha tushirishni taklif qilmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:19

    YI Rossiya nefti uchun narx chegarasini 50 dollargacha tushirishni taklif qilmoqda

    Bu masala 20–22 may kunlari Kanadada bo‘lib o‘tadigan G7 moliya vazirlari uchrashuvida muhokama qilinadi.

    'Tramp Rossiya va Ukraina urushini to‘xtashini aytdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:24

    Tramp Rossiya va Ukraina urushini to‘xtashini aytdi

    Qo‘shma Shtatlar rahbari Rossiya yetakchisi bilan ikki soat telefonda gaplashdi.

    'Fransuz razvedkasi Telegram orqali Yevropadagi siyosatga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘ldimi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:14

    Fransuz razvedkasi Telegram orqali Yevropadagi siyosatga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘ldimi?

    Pavel Durov fransuz maxsus xizmatlarini Yevropa siyosatiga aralashishga uringanlikda aybladi.