Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari tomonidan Germaniyaning Myunxen shahriga parvozga otlangan fuqaroda 135 mln 200 ming so‘mli tilla piyola borligi aniqlandi. Bu haqda Toshkent-AERO xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkentdan Myunxen shahriga uchib ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yo‘l yuklari orasiga qiymati 135 mln 200 ming so‘mlik, taxminiy og‘irligi esa 104 grammni tashkil etuvchi 1 dona sariq rangli metalldan yasalgan 750 probali 1 dona piyolani yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtida bojxona Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara bojxona posti xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan.
Bildirilishicha, holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.