AsosiyJamiyat

Buxoro an’anaviy Ipak va ziravorlar festivaliga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Shu yilning 6-8 iyun kunlari qadimiy Buxoro shahrida XXI an’anaviy Ipak va ziravorlar festivali bo‘lib o‘tadi.

'Buxoro an’anaviy Ipak va ziravorlar festivaliga tayyorgarlik ko‘rmoqda'ning rasmi

Tadbir doirasida yorqin taqdimotlar o‘tkaziladi, xususan, sharqona ziravorlar hamda mahalliy ipak va paxtadan tayyorlangan mahsulotlar – o‘zbek xonatlasi, adras va ikat yarmarkalari tashkil etiladi.

Shuningdek, festival kun tartibidan turli musiqiy chiqishlar, etno-moda namoyishlari, xalq amaliy san’ati ko‘rgazmalari, turli ko‘ngilochar tadbirlar va gala konsertlar o‘rin olgan.

    Boshqa yangiliklar