AsosiyJamiyat

Chegara hududida yirik miqdordagi narkotik moddalar ushlandi

Narkotik moddalar egalarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

'Chegara hududida yirik miqdordagi narkotik moddalar ushlandi'ning rasmi

DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan davlat chegarasini qo‘riqlash va uning daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida noqonuniy holat fosh etildi.

Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo daryosining Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidagi Shodiqoziq MFY hududidan o‘tuvchi qismi qirg‘og‘ida noma’lum shaxslar tomonidan qoldirib ketilgan 4 ta polietilen qop aniqlandi.

Mazkur qoplar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ular ichida qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan giyohvandlik vositalari borligi ma’lum bo‘ldi. Jumladan, jami 48 o‘ramda 47 kg 113 gramm "gashish", 15 o‘ramda 7 kg 779 gramm "opiy" aniqlandi.

Shuningdek, qoplardan 10 710 dona "Lidaza" va 756 dona "Tenoksikam" nomli dori vositalari ham topilib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Narkotik moddalar egalarini aniqlish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda yo‘llarni ta’mirlash uchun 14 mlrd so‘m ajratiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:24

    Toshkentda yo‘llarni ta’mirlash uchun 14 mlrd so‘m ajratiladi

    Mazkur mablag‘ shaharni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan ajratiladi.

    'Afgʻon urushi qurbonlarining yaqinlari uchun yangi imtiyozlar belgilandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:01

    Afgʻon urushi qurbonlarining yaqinlari uchun yangi imtiyozlar belgilandi

    Prezidentning tegishli farmoni bilan ayrim hujjatlarda o‘zgartirish kiritilib, halok bo‘lganlarning ota-onalari va beva xotinlari uchun kompensatsiya to‘lovi joriy etildi.

    'Javohir Sindorov sharafiga tantanali marosim boʻlib oʻtdi.'ning rasmi

    Jamiyat 17.04.2026 14:32

    Javohir Sindorov sharafiga tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalqaro shaxmat maydonida tarixiy natija qayd etgan Javohir Sindorovni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

    '"Oʻzbekiston temir yoʻllari" tenderlarida 21 mlrd soʻmlik qonunbuzilish aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 17.04.2026 13:27

    "Oʻzbekiston temir yoʻllari" tenderlarida 21 mlrd soʻmlik qonunbuzilish aniqlandi

    Бу бўйича масъул ташкилотларга нисбатан тегишли чоралар кўрилди.

    'Yangi yoʻlda ayolni chet elga fohishalikka yuborishga urinagan shaxs ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat 17.04.2026 09:51

    Yangi yoʻlda ayolni chet elga fohishalikka yuborishga urinagan shaxs ushlandi

    Gumonlanuvchi jabrlanuvchini Turkiyaga olib chiqib, jinsiy ekspluatatsiya qilishni rejalashtirgan.

    'Yosh shoir Jahongir Nomozov vafot etdi.'ning rasmi

    Jamiyat 17.04.2026 08:54

    Yosh shoir Jahongir Nomozov vafot etdi.

    Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, u o'z joniga qasd qilgan.