AsosiyDunyo

Yevropa qayta qurollanmoqdami?

NATO a’zosi bo‘lgan davlatlarda mudofaa xarajatlari keskin oshmoqda.

'Yevropa qayta qurollanmoqdami?'ning rasmi

NATO a’zosi bo‘lgan davlatlarda mudofaa xarajatlari keskin oshmoqda. Germaniya, Polsha, Fransiya va boshqa Yevropa davlatlari armiyalarini modernizatsiya qilishmoqda. Bu jarayonda kimlar yetakchi va bu harakatlar davlat byudjetlariga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?

Germaniyada mudofaa xarajatlari 160 mlrd yevrogacha oshishi mumkin

Germaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yoxann Vadeful AQSHning NATO davlatlaridan harbiy xarajatlarni YAIMning 5 foizigacha yetkazish talabi tarafdori. Ayni paytda Germaniyaning mudofaa byudjeti 90 milliard yevroni (YAIMning 2,1 foizi) tashkil etmoqda. Agar bu ko‘rsatkich 5 foizgacha oshirilsa, harbiy byudjet 160 milliard yevrodan oshib ketadi. Bu esa moliyaviy bosimni kuchaytirishi mumkin.

Hozirda Bundesverda 182 ming harbiy xizmatchi bor. Rasmiy Berlin bu sonni 2031 yilga borib 203 ming nafarga yetkazishni maqsad qilgan.

Polsha: Mudofaa YAIMning 4,12 foizigacha yetdi

Polsha Rossiyadan keladigan xavfga qarshi mudofaa salohiyatini yillar davomida mustahkamlab kelmoqda. 2024 yilda Varshava harbiy soha uchun YAIMning 4,12 foizini ajratdi. Bu — Yevropadagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri. Polsha qurolli kuchlari 150 ming askardan iborat bo‘lib, ularga professional harbiylar hamda hududiy mudofaa kuchlari kiradi.

Rejaga ko‘ra, 2035 yilga borib ularning soni 300 ming nafarga yetkaziladi. Bundan tashqari, Polsha armiyasi zamonaviy harbiy texnikalar bilan ham kuchaytirilmoqda.

Fransiya mustaqil yadro qudratiga ega

Fransiya Yevropa Ittifoqidagi yagona yadro quroliga ega davlat bo‘lib, harbiy siyosatda mustaqillikni saqlab kelmoqda. Prezident Emmanuel Makron 2017 yildan buyon mudofaa byudjetini sezilarli darajada oshirdi.

Fransiya armiyasida 203 ming askar xizmat qiladi, yana 175 ming nafari harbiylashgan bo‘linmalar, jumladan, jandarmeriya tarkibida faoliyat yuritmoqda.

Buyuk Britaniya: Yagona yo‘nalish – texnologiyalar

Britaniya armiyasi nisbatan kichik hisoblanadi: 2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, jami 108 413 nafar harbiy xizmatchi mavjud. Ammo London inson resursi emas, yuqori texnologiyalarga urg‘u bermoqda. Dronlar, sun’iy intellekt va lazer tizimlari — Britaniya armiyasining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi. Qirollik dengiz floti va harbiy-havo kuchlari eng zamonaviy qurollar bilan jihozlangan.

Italiya: Kuchli havo kuchlari, ammo eskirgan quruqlik armiyasi

Italiya 2024 yilda mudofaa uchun YAIMning bor-yo‘g‘i 1,49 foizini ajratgan. Bu NATO talabidan kam (2%). Biroq mamlakat 165 ming askar, ikki ta aviatsiya kemasi hamda Eurofighter va F-35 qiruvchi samolyotlari bilan kuchli harbiy-havo kuchlariga ega.

Shu bilan birga, Italiya quruqlikdagi qo‘shinlari eskirgan texnikaga ega. Buni o‘zgartirish maqsadida bosh vazira Jorja Meloni Yevropadagi eng kuchli tank kuchlarini yaratmoqchi. Shu sababli Rheinmetall kompaniyasiga mingdan ortiq jangovar va ko‘p maqsadli tanklar buyurtma qilingan.

Yevropada harbiylashtirish jarayoni tobora jadallashmoqda. Har bir davlat o‘zining xavfsizligini ta’minlash uchun byudjetdan katta mablag‘ ajratmoqda. Ammo bu harakatlar iqtisodiy va siyosiy jihatdan muvozanatni qanday saqlab qoladi — bu hali ochiq savol bo‘lib qolmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Germaniya tank brigadasini Litvaga joylashtirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:23

    Germaniya tank brigadasini Litvaga joylashtirdi

    Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistoriusning ta’kidlashicha, Germaniya NATO hududining har bir santimetrini himoya qilishga tayyor.

    'Bayden yana necha yil umr ko‘rishi aytildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:57

    Bayden yana necha yil umr ko‘rishi aytildi

    Avvalroq AQShning sobiq prezidentiga prostata saratonining agressiv shakli tashxisi qo‘yilgandi.

    'Madridda sobiq ukrainalik siyosatchi otib o‘ldirildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:53

    Madridda sobiq ukrainalik siyosatchi otib o‘ldirildi

    Guvohlarning aytishicha, ikki nafar shaxs mototsiklda kelib, Portnovga besh marotaba o‘q uzgan.

    'Ukrainada 49 ming erkak mamlakatdan qochmoqchi bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:07

    Ukrainada 49 ming erkak mamlakatdan qochmoqchi bo‘ldi

    Davlatda ularga qochishga yordam bergan 900 ga yaqin jinoiy guruhi aniqlangan

    'Isroil Eron yadroviy obektlariga hujum qilishga tayyorlanmoqda'ning rasmi

    Dunyo 21.05.2025 18:04

    Isroil Eron yadroviy obektlariga hujum qilishga tayyorlanmoqda

    AQSH rasmiylari Isroilning Eronga hujumi ehtimoli kuchayganini ma’lum qildi.

    '"G‘azodagi vaziyat tobora xavotirli va og‘riqli tus olmoqda"'ning rasmi

    Dunyo 21.05.2025 17:52

    "G‘azodagi vaziyat tobora xavotirli va og‘riqli tus olmoqda"

    Rim papasi insonparvarlik yordamini zudlik bilan eksklavga o‘tkazishni ta’minlashga chaqirdi.