Germaniyaning Shimoliy Reyn — Vestfaliya hududida har bir kvadrat kilometrni aniq ko‘rsatadigan “3D xarita” ishlab chiqildi. Bu xaritada axlat qutisidan tortib, omborxonalargacha aniq ko‘rish mumkin. Loyiha favqulodda xizmatlar — yong‘in va qutqaruv guruhlari uchun mo‘ljallangan.
Mahalliy hokimiyat bu xaritaga kompyuterdan foydalana oladigan istalgan odam kira olishini bildirganidan so‘ng, Germaniya qurolli kuchlari — Bundesver bu holatni tanqid qildi. Ularning fikricha, bunday xarita yovuz niyatli shaxslar yoki dushman kuchlar tomonidan harbiy va muhim infratuzilmalarga hujum qilishda ishlatilishi mumkin.
Shunga qaramay, boshqa hududlar uchun ham shu kabi xaritalar yaratilmoqda. Rasmiylar eng yuqori aniqlikdagi versiyalar faqat davlat organlariga taqdim etilishini bildirdi.