Kuzbass jamoat salomatligi va tibbiy profilaktika markazi shifokori Liliya Yegorovaning qayd etishicha, SPF darajasi ultrabinafsha nurlardan himoyalanish darajasini ko‘rsatadi. U qancha baland bo‘lsa, shuncha yaxshi. Agar siz dengizga sayohat qilsangiz, bolalarga kamida 50 darajani tanlash tavsiya etiladi. Kundalik sayrlar uchun 30 indeksli himoya mos keladi.
Krem tarkibidagi rux, avobenzon, meksoril, titan dioksidi, tinosorb ultrabinafsha nurlar ta’siridan yaxshi himoya qilishi va teriga qo‘llash uchun xavfsizligi isbotlangan.
Ba’zi quyoshdan himoyalovchi vositalar tarkibida terini namlovchi va ta’sirlanishni yo‘qotuvchi tinchlantiruvchi qo‘shimchalar bo‘lishi mumkin, masalan, moychechak (uning faol tarkibiy qismlari azulen va bisabolol), aloye vera, Ye vitamini (UF-nurlanish ta’sirida hosil bo‘lgan va teriga halokatli ta’sir ko‘rsatadigan erkin radikallarni zararsizlantiradi), oblepixa va jojoba moylari. Ular qaytaruvchi, namlantiruvchi, antioksidant ta’sirga ega.
Krem yoki sprey suv yuqtirmaslik xususiyatiga ega bo‘lgani ma’qul.
Tarkibida spirt, bo‘yoqlar, xushbo‘y moddalar, shuningdek, oksibenzon bo‘lmasligi kerak. Bu element quyoshdan himoyalovchi filtr vazifasini bajaradi, shu bilan birga terining chuqur qatlamlariga kirib boradi va organizmning gormonal foniga ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega.
Qanday surtish, qancha surtish, qanday saqlash kerak?
Agar siz bir nechta terini parvarish qilish vositalarini qo‘llasangiz, quyoshdan himoyalovchi vositani oxirgi bo‘lib surting.
Issiqda va quyoshda kosmetikadan minimal darajada foydalaning, chunki ba’zi moddalar hujayralarning shikastlanish jarayonini tezlashtirishi mumkin.
Krem vositasini ko‘chaga chiqishdan 30 daqiqa oldin surtish, shuningdek, muolajani har ikki soatda (yoki har safar cho‘milgandan keyin) takrorlash kerak. Bulutli bo‘lsa ham. Hamma vaqt suvda bo‘lsa ham. Namlik UB nurlar intensivligini 50% ga kuchaytiradi.
Umumiy yaroqlilik muddati tugaganidan keyin vositani qo‘llash mumkin emas. Ammo ochiq vosita umumiy yaroqlilik muddati tugamagan bo‘lsa ham, taxminan 6 oy saqlanadi. Yorliqdagi belgiga va uning yonidagi raqamga e’tibor bering. Krem qachon ochilganini unutmaslik uchun qadoqqa ochilgan sanasi ko‘rsatilgan stikerni yopishtiring.