AsosiySalomatlik

Varikoz kimlarda va qanday holatlarda yuzaga keladi?

Mutaxassis javob berdi.

'Varikoz kimlarda va qanday holatlarda yuzaga keladi?'ning rasmi

Varikoz — dunyoda keng tarqalgan surunkali kasalliklardan biri. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, ushbu patologiya sayyoramiz aholisining har besh nafaridan birida uchraydi.  

Xo‘sh, bu qaysi omillar bilan bog‘liq? Xastalik qanday belgilar bilan namoyon bo‘ladi? Xavfli asoratlari nimalardan iborat? 

— Ushbu kasallikka ko‘proq ayollar moyil bo‘ladi, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lim mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Akrom Ahmedov. — Buning asosiy sababi homiladorlik bilan bog‘liq. Ya’ni bunday opa-singillarimizda 25-45 yosh oralig‘ida varikoz ko‘p kuzatiladi. Bundan tashqari, erkaklar ham 45-50 yoshlarda bu kasallikka chalinishga moyil. 

Xastalikning kelib chiqishiga irsiyat, uzoq muddat tik oyoqda turish, bachadonning boshqa organlarga kuchli bosimi, qon tomirlar siqishi, semizlik, biriktiruvchi to‘qimaning tug‘ma zaifligi, kam harakatlik, gormonal dorilarni qabul qilish, endokrin muammolar, yuqori venoz bosim, surunkali kasalliklarning rivojlanishi kabi bir qancha omillar sabab bo‘lishi mumkin.

Venalarning varikoz kengayishida bir necha bosqich farqlanadi.

Birinchi bosqichda ish kunidan keyin oyoqlarda og‘irlik va charchoq, tushdan keyin to‘piq, oyoq va pastki oyoq shishi kuzatiladi. Bunday holda barcha alomatlar tungi dam olishdan yoki faol yurishdan so‘ng yo‘qoladi.

Shuningdek, ushbu a’zoning tez toliqishi, boldir sohasida venoz tugunchalar paydo bo‘lishi, tik turganda venalarning bo‘rtib chiqishi, teri qichishishi va ekzemasimon dermatit hamda boshqa qator belgilar rivojlanadi.

Ba’zilar varikoz faqat estetik muammo, deb hisoblaydi. Bu — yanglish xulosa. Vaholanki, mazkur kasallikka o‘z vaqtida e’tibor berilmasa, salomatlik uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.

Xususan, boldir sohasida trofik yaralar paydo bo‘lishi, o‘tkir tromboflebit, varikoz tugunining yorilib, qon ketishi, hatto, o‘lim holati kuzatilishi ehtimoli mavjud.

Shu bois varikozning ilk alomatlari paydo bo‘lishi bilan darhol shifokorga murojaat qilish zarur.

Xastalikka moyilligi bor insonlar uchun profilaktik choralar muhim. Vaznni me’yorda saqlash, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, surunkali jismoniy zo‘riqish hamda uzoq vaqt tik oyoqda turishdan saqlanish, tor libos va baland poshnali poyabzal kiymaslik tavsiya etiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Pivo bebushtlik va saratonga olib kelishi mumkin'ning rasmi

    Salomatlik 23.05.2025 17:43

    Pivo bebushtlik va saratonga olib kelishi mumkin

    AQSHda sotiladigan ayrim mashhur pivolar tarkibidan saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan PFAS (per- va poliftoralkil moddalar) aniqlangan.

    'Mavsumiy allergiyani shamollashdan qanday farqlash mumkin?'ning rasmi

    Salomatlik 23.05.2025 17:36

    Mavsumiy allergiyani shamollashdan qanday farqlash mumkin?

    Shu kunlarda ko‘z yoshlanishi va qichishishi, burun oqishi, yo‘tal kabi simptomlardan aziyat chekuvchi bemorlar soni birmuncha ko‘paygan. Ba’zilar buni shamollash alomati, desa, boshqalar, allergiya belgilari, deb hisoblaydi.

    'Quyoshdan himoyalovchi kremni qanday tanlash mumkin?'ning rasmi

    Salomatlik 23.05.2025 16:56

    Quyoshdan himoyalovchi kremni qanday tanlash mumkin?

    Yoz fasli boshlanmoqda. Mutaxassis quyoshdan himoyalovchi vositalarni qanday to‘g‘ri tanlash haqida ma’lumot berdi.

    ''ning rasmi

    Salomatlik 22.05.2025 19:17

    'Bolalar saratoni bo‘yicha xalqaro akademik xab tashkil etiladi'ning rasmi

    Salomatlik 21.05.2025 18:09

    Bolalar saratoni bo‘yicha xalqaro akademik xab tashkil etiladi

    2025 yil yakunigacha Strategiyani joriy etish loyihasini amalga oshirish doirasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi.

    'Ko‘p ovqat yeyishning sababi nima bilan bog‘liq?'ning rasmi

    Salomatlik 21.05.2025 17:35

    Ko‘p ovqat yeyishning sababi nima bilan bog‘liq?

    Psixolog ortiqcha ovqatlanishni ko‘p hollarda fiziologik ochlik bilan emas, balki ichki psixologik qiyinchiliklar bilan bog‘lamoqda.