O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
28-29 may kunlari Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.
Samarqandda bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston-Italiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.