Samarqand viloyati Samarqand shahrida “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, shahar gaz ta’minoti bo‘limi va “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari ishtirokida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Shaharning “Farhod” qo‘rg‘onida joylashgan “G. F. E.” MJCHga qarashli korxonada iste’molchi tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘llar bilan ulanib, “zangori yoqilg‘i”dan o‘g‘rincha foydalanib kelayotgani aniqlangan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi hamda 3 milliard 84 million so‘mlik zarar hisoblandi.
Mazkur noqonuniy holatga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.