Qayd etilishicha, qo‘shnilar uzoq vaqtdan beri shubhali ovozlar, bola yig‘isi va ayolning og‘ir ruhiy ahvolidan shikoyat qilib kelgan. Lekin bolani hech kim ko‘rmagan.
Shundan so‘ng vasiylik xizmati va politsiya uyga kirib, 7 yoshli o‘zi yura olmaydigan nogiron bolani og‘ir ahvolda topgan. Bola hech qachon shifokor ko‘rmagan, bog‘cha yoki maktabga ham bormagan. Tibbiy hujjatlari umuman mavjud emas.
Hozirda bola reabilitatsiya markaziga joylashtirilgan. Onani ota-onalik huquqidan mahrum qilish bo‘yicha sudga da’vo arizasi tayyorlanmoqda.