AsosiySiyosat

Markaziy Osiyo – Italiya: Yangi strategik hamkorlik sari qadam

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida nutq so‘zladi.

'Markaziy Osiyo – Italiya: Yangi strategik hamkorlik sari qadam'ning rasmi

Davlat rahbari o‘z nutqida Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart To‘qayevga sammitni yuqori saviyada tashkil etgani uchun, Italiya Bosh vaziri Jorjia Meloniga esa tashabbus uchun minnatdorlik bildirdi.

 Mintaqaviy va global xavfsizlik tahdidlari fondada muloqotni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish va Afg‘oniston masalalarida Italiyaning faol pozitsiyasi qo‘llab-quvvatlandi.

Terrorizm, narkotrafik va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda maxsus xizmatlar o‘rtasida axborot almashuvi taklif qilindi.

Iqtisodiy aloqalar

O‘zaro savdo va investitsiyalar hajmi so‘nggi yillarda uch barobarga o‘sgani qayd etildi.

“Markaziy Osiyo – Italiya” ishbilarmonlar klubini tashkil etish va doimiy biznes-forumlar o‘tkazish taklif etildi.

Toshkentda maxsus sanoat parki tashkil etish va italiyalik hamkorlar bilan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar muhokama qilindi.

Yashil” energetika va ekologiya

Qayta tiklanadigan energiya, vodorod texnologiyalari va suv infratuzilmasini modernizatsiya qilish sohalarida Italiya bilan hamkorlik qilishga tayyorlik bildirildi.

 Gumanitar va ta’lim sohasi

Turin va Piza universitetlarining Toshkentdagi filiallari faoliyati yuqori baholandi.

Ilmiy-ta’lim konsorsium va yoshlar uchun madaniy forum tashkil etish tashabbuslari bildirildi.

 Sayyohlik va madaniyat

Italiyada o‘tkazilgan O‘zbekistonga oid ko‘rgazmalar katta qiziqish uyg‘otgani qayd etildi.

Xivada Kreativ iqtisodiyot va madaniy almashuvlar forumini o‘tkazish taklif qilindi.

Prezident Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” hamkorligini nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy, ilmiy va madaniy sohalarda ham rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekistonning qat’iy pozitsiyasini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar