May oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida tizimga 94,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda elektr va gaz ta’minoti korxonalari ishtirokida so‘ngi bir oyda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 229 ta holat aniqlandi.
Unga ko‘ra, 35,6 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (57,9 mlrd so‘m) va 13,2 mln metr kub tabiiy gaz (36,9 mlrd so‘m) talon-toroj qilinishi natijasida jami 94 milliard 887 million so‘m zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini mo‘jiza bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 448 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi.
Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.