Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida tomorqasida 450 tup ko‘knori ekkan 67 yoshli onaxon ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Buvayda tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida 1958 yilda tug‘ilgan Buvayda qishlog‘ida yashovchi ayolning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda tomorqasida 450 tup ko‘knori o‘simligini parvarishlab kelayotgani aniqlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.