AsosiyJamiyat

O‘zbekiston Buyuk Britaniya bilan JST bo‘yicha muhim muzokaralarni yakunladi

Ikki tomonlama muzokaralarni to‘liq yakunlash uchun JSTga a’zo yana bir necha davlat qoldi.

'O‘zbekiston Buyuk Britaniya bilan JST bo‘yicha muhim muzokaralarni yakunladi'ning rasmi

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayoni doirasida Buyuk Britaniya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

"Kazinform" xalqaro axborot agentligining yozishicha, bu ma’lumotni O‘zbekiston Prezidentining JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov tasdiqladi.

– O‘tgan oy oxirida biz Britaniya tomoni bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun Londonda bo‘ldik. Hozir ularning yakunlanganini e’lon qilishdan mamnunman. O‘shandan beri biz ichki tartib-qoidalardan o‘tdik va 12 iyun kuni Jenevada bo‘lib o‘tadigan ishchi guruhning 10-yig‘ilishi doirasida tegishli bayonnomani imzolashga tayyorlanmoqdamiz", – dedi Azizbek Urunov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni hozirgacha 30 dan ortiq davlat bilan muzokaralar olib borgan va 24 davlat bilan tegishli kelishuvlar tuzgan.

"Ikki tomonlama muzokaralarni to‘liq yakunlash uchun JSTga a’zo yana bir necha davlat qoldi", – deya qo‘shimcha qildi O‘zbekiston Prezidentining JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili.

    Boshqa yangiliklar